Yangi Chevrolet Captiva EV ishlab chiqarilishi boshlandi

20-iyun 2026 09:17 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Yangi Chevrolet Captiva EV ishlab chiqarilishi boshlandi
Foto: GM Authority

General Motors Braziliyada yangi Chevrolet Captiva EV elektromobilini ishlab chiqarishni boshladi. Bu haqda GM Authority xabar berdi.

Avtomobil Comexport Planta Automotiva do Ceará zavodida yig‘ilmoqda. Ushbu korxona Chevrolet elektromobillarini litsenziya asosida mahalliy ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

GM ma’lumotiga ko‘ra, Captiva EV Braziliyada ishlab chiqarilayotgan ikkinchi to‘liq elektr Chevrolet modeli bo‘ldi. Avvalroq ushbu zavodda Chevrolet Spark EUV ishlab chiqarilishi boshlangan edi.

Shu tariqa Braziliya Xitoydan tashqarida Spark EUV va Captiva EV ishlab chiqarilayotgan birinchi mamlakatga aylandi.

Yangi Captiva EV’ning dastlabki avtomobillari allaqachon konveyerdan chiqqan. Ular sifat nazorati va ichki tekshiruvlardan so‘ng yaqin haftalarda dilerlik tarmoqlariga yetkazib berila boshlaydi.

Foto: GM Authority

Captiva EV ishlab chiqarilishi zavoddagi ishchi kuchi sonini 50 foizga oshirishga olib kelgan.

GM Braziliyada Chevrolet elektromobillariga talab ortib borayotganini ta’kidlamoqda. Kompaniyaga ko‘ra, Chevrolet Spark EUV bozorda yaxshi natija ko‘rsatgan, import qilingan Captiva EV esa birinchi chorakda Braziliyada o‘rta o‘lchamli elektr SUV segmentida yetakchi bo‘lgan.

Captiva EV’ning mahalliy ishlab chiqarilishi Braziliya bozorida model mavjudligini oshirishi kutilmoqda. Bu Chevrolet’ning Lotin Amerikasidagi eng yirik bozorida elektromobillar yo‘nalishidagi strategiyasini kuchaytiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq eng kam xarajatli Chevrolet modellari haqida ma’lumot berilgandi. Unda yangi avtomobilni xarid qilgandan keyingi xarajatlar, ya’ni sug‘urta, texnik xizmat ko‘rsatish, yo‘l solig‘i va yonilg‘i sarfi hisobga olingan.

Shuningdek