
Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turi doirasida «E» guruhining asosiy favoritlari Germaniya hamda Kot-d’Ivuar terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Uchrashuv nemis futbolchilarining so‘nggi soniyalardagi ajoyib g‘alabasi bilan yakun topdi.

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq har ikki jamoa faol va ochiq futbol ko‘rsatishga harakat qildi. Hisobni ochish esa afrikalik futbolchilarga nasib etdi. O‘yinning 30-daqiqasida Kot-d’Ivuar yarim himoyachisi Frank Kessye o‘z jamoasini hisobda oldinga olib chiqdi.
Shundan so‘ng, nemislar hujumkorlik darajasini keskin oshirishdi va hisobni tenglashtirish uchun raqib darvozasi oldida bir qator qulay vaziyatlarni yaratishdi. Ularning tinimsiz bosimi uchrashuvning 68-daqiqasida o‘z mevasini berdi. Nadiem Amirining aniq va qulay uzatmasidan so‘ng, Deniz Undav raqib darvozasini ishg‘ol qilib, muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi — 1:1.
Eslatib o‘tamiO‘yin xuddi shu hisobda yakunlanadigandek tuyulgan bir paytda, hakam tomonidan asosiy vaqtga qo‘shib berilgan daqiqalarda haqiqiy drama yuz berdi. Yana o‘sha Deniz Undav muhim pallada o‘zini ko‘rsatib, jamoasining ikkinchi golini kiritdi va Germaniya terma jamoasiga muhim uch ochkoni taqdim etdi — 2:1.
, «E» guruhida dastlabki o‘yinlarda Germaniya Kurasao ustidan yirik, Kot-d’Ivuar esa Ekvador ustidan minimal hisobda g‘alabaga erishgan edi. 3-tur doirasida Germaniya terma jamoasi Ekvador bilan, Kot-d’Ivuar esa Kurasao bilan to‘qnash keladi.
Avvalroq Kursiv nashri Niderlandiya Shvetsiyani tor-mor etib, guruh peshqadamiga aylangani haqida xabar bergan edi.