O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yozda suv-energetika resurslari bo‘yicha kelishib oldi

eʼlon qilindi
Kelishuv yoz oylarida suv taqsimoti va elektr energiyasi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy muvofiqlashtirishni kuchaytirishga qaratilgan
O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston yozda suv-energetika resurslari bo‘yicha kelishib oldi
Foto: Energetika vazirligi

Bishkek shahrida O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘iziston vakillari ishtirokida suv-energetika resurslaridan samarali foydalanish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Energetika vazirligi xabar bermoqda.

Uchrashuvda Qirg‘iziston va Qozog‘iston energetika hamda suv xo‘jaligi vazirlari, O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri, shuningdek, O‘zbekiston Energetika vazirligi huzuridagi «Milliy dispetcherlik markazi» DUK direktori Muzaffar Boboyev qatnashdi.

Muzokaralar davomida tomonlar mintaqada suv-energetika sohasidagi hamkorlikning bugungi holatini muhokama qildi. Shuningdek, yozgi mavsumda suv va energetika resurslaridan samarali foydalanish hamda mamlakatlarda barqaror energiya ta’minotini saqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, aholi sonining o‘sishi, iqtisodiyot tarmoqlarining jadal rivojlanishi va energiya resurslariga talabning ortib borishi sharoitida mintaqaviy hamkorlik suv hamda energetika xavfsizligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Uchrashuv yakunida tomonlar 2026-yilning iyul–avgust oylarida mamlakatlarni suv va energetika resurslari bilan ta’minlash bo‘yicha qo‘shma bayonnomani imzoladi.

Mazkur kelishuv yoz oylarida suv taqsimoti va elektr energiyasi barqarorligini ta’minlash bo‘yicha mintaqaviy muvofiqlashtirishni kuchaytirishga qaratilgan.

Avvalroq «Kursiv» Baxmaldagi sel oqimi sabab 32 nafar dam oluvchi evakuatsiya qilingani haqida yozgan edi.

Shuningdek