1-iyuldan Yaponiyada bir martalik viza narxi 93 dollar bo‘ladi

eʼlon qilindi
Ko‘p martalik viza uchun esa $186 ga oshiriladi
1-iyuldan Yaponiyada bir martalik viza narxi 93 dollar bo‘ladi
Rasm sun’iy intellekt yordamida yaratilgan

Yaponiya hukumati 1-iyuldan boshlab xorijiy fuqarolar uchun viza rasmiylashtirish narxlarini sezilarli darajada ko‘taradi. Bu haqda NHK World Japan nashri xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, ayrim viza turlari bo‘yicha to‘lovlar amaldagiga nisbatan besh baravar qimmatlashadi.

Qaror 19-iyun kuni bo‘lib o‘tgan hukumat yig‘ilishida tasdiqlangan. Rasmiylarning bildirishicha, bu choradan ko‘zlangan maqsad mamlakatda yashayotgan va kirib kelayotgan xorijliklar soni ortishi fonida yuzaga kelayotgan ma’muriy xarajatlarni qoplashdir.

Yangi tariflarga muvofiq, bir martalik kirish vizasi uchun to‘lov 3 ming yenadan 15 ming yenaga (taxminan $93) yetadi. Ko‘p martalik viza uchun esa yig‘im 6 ming yenadan 30 ming yenagacha (taxminan $186) oshiriladi.

Yaponiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, viza to‘lovlari oxirgi marta 1978-yilda qayta ko‘rib chiqilgan edi. Hozirgi o‘zgarishlar esa inflyatsiya, valyuta kurslari va xizmat ko‘rsatish xarajatlarining oshishi bilan izohlanmoqda.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan AQSh vizani tezlashtirish xizmatini yo‘lga qo‘yayotgani haqida yozgandi.

Shuningdek