Dollar tushdi: 23-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
eʼlon qilindi
22-iyun kuni esa 27,11 so‘mga tushib, 12 058,45 so‘m bo‘lgan edi

23-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 68,19 so‘mga tushib, 11 990.26 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
16-iyun kuni 1,98 so‘mga tushib, 11 978 so‘mni, 17-iyun kuni 32,29 so‘mga oshib, 12 012,12 so‘mni, 18-iyun kuni 39,93 so‘mga oshib, 12 052,05 so‘mni tashkil etdi. 19-iyun kuni 33,51 so‘mga oshib, 12 085,56 so‘m, 22-iyun kuni esa 27,11 so‘mga tushib, 12 058,45 so‘m bo‘ldi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 80,54 so‘mga tushib, 13 738,44 so‘mni, rubl esa 1,81 so‘mga tushib, 162,23 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.