Eron 10 kishi bo‘lib qolgan Belgiyani taslim eta olmadi

22-iyun 2026 02:01 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Jahon chempionati guruh bosqichining 2-turi doirasida Belgiya va Eron terma jamoalari o‘rtasida o‘yin bo‘lib o‘tdi. Bahsda hech bir jamoa gol ura olmadi va 0:0 hisobi qayd etildi.

Uchrashuv ehtiyotkorlik bilan boshlandi, belgiyaliklar faolroq bo‘lishga urinishdi, lekin Eron himoyasi ishonchli harakat qildi. Dastlabki daqiqalardanoq o‘yin qizg‘in tus oldi. 3-daqiqada Belgiyaning asosiy hujumchisi Romelu Lukaku sariq kartochka oldi. Eronliklar ham qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yishdi, 33-daqiqada Said Ezzatollaxi ogohlantirildi.

Foto: FIFA.com

O‘yinning 66-daqiqasida muhim voqea sodir bo‘ldi. Belgiya himoyachisi Natan Ngoy qizil kartochka olib, maydonni tark etdi. Shundan so‘ng Belgiya asosan himoyalanishga o‘tdi. Eron ustunlikdan foydalanib hujumga zo‘r berdi, biroq gol urolmadi.

Foto: FIFA.com

Ma’lumot o‘rnida, «G» guruhining 3-turida Belgiya Yangi Zelandiyaga, Eron esa Misrga qarshi o‘ynaydi.

Avvalroq Kursiv nashri Lamin Yamal gol urgan o‘yinda Ispaniya yirik hisobda g‘alaba qozongani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek