O‘zbekistonga yana bir Hyundai Rotem tezyurar poyezdi yetib keldi

eʼlon qilindi
Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan
O‘zbekistonga yana bir Hyundai Rotem tezyurar poyezdi yetib keldi
Foto: «Temiryo‘lkargo»

O‘zbekiston temiryo‘l infratuzilmasini modernizatsiya qilish ishlari doirasida Janubiy Koreyada ishlab chiqarilgan navbatdagi Hyundai Rotem tezyurar yo‘lovchi poyezdi mamlakatga olib kelindi. Poyezdni yetkazib berish jarayoni «Temiryo‘lkargo» AJ tomonidan tashkil etildi.

Yirik hajmli temiryo‘l texnikasini xavfsiz va samarali tashish uchun Janubiy Koreya, Xitoy, Qozog‘iston va O‘zbekistonni qamrab olgan maxsus multimodal logistika yo‘nalishi ishlab chiqildi. Tashuv davomida dengiz, avtomobil va temiryo‘l transporti imkoniyatlari bir tizimga birlashtirildi.

Foto: «Temiryo‘lkargo»

Murakkab logistika operatsiyasi doirasida og‘ir va yirik o‘lchamli vagonlarni tashish uchun maxsus platformalar hamda texnikalar jalb qilindi. Shuningdek, tranzit mamlakatlardagi ortish-tushirish jarayonlari zamonaviy texnologiyalar asosida amalga oshirilib, yukning butligi ta’minlandi.

Foto: «Temiryo‘lkargo»

Kompaniya ma’lumotiga ko‘ra, poyezd ishlab chiqaruvchi korxonadan O‘zbekistondagi manzilgacha «eshikdan eshikkacha» tamoyili asosida yetkazilgan. Loyihada sug‘urta, bojxona va tranzit jarayonlari yagona logistika zanjiriga birlashtirilgan.

Avvalroq «Kursiv» nashri 2025-yil dekabr oyida Hyundai Rotem O‘zbekistonga birinchi yuqori tezlikdagi poyezdni jo‘natilgani haqida yozgandi.

Shuningdek