Piskentda «avtozapchast» do‘konida yong‘in sodir bo‘ldi

Toshkent viloyati Piskent tumanida avtomobil ehtiyot qismlari sotiladigan do‘konda yong‘in yuz berdi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi ma’lum qildi.
Voqea 22-iyun kuni soat 09:35 atrofida 112 tizimi orqali xabar qilingan. Piskent tumani Oybek mahallasida joylashgan savdo nuqtasida yong‘in chiqqani haqida signal kelib tushgan.
Tezkor choralar natijasida qutqaruv bo‘linmalari 09:45 da voqea joyiga yetib borgan, yong‘in 09:48 da o‘rab olingan va 10:14 da to‘liq bartaraf etilgan.

Operatsiya davomida yong‘inning kengayib ketishining oldi olingan bo‘lib, 300 kvadrat metr maydondagi bino qismi saqlab qolingan.
Hodisa oqibatida jabrlanganlar qayd etilmagan. Hozirda yong‘in kelib chiqish sabablari hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan Toshkentdagi ko‘p qavatli uyda yong‘in sodir bo‘lgani haqida yozgandi.