Fond bozori: «O‘zbekko‘mir» aksiyalari haftada 76 foizga qimmatlashdi

eʼlon qilindi
«Kvarts» aksiyalari ham sezilarli arzonlashgan
Fond bozori: «Qashqadaryo texnologik transport» aksiyalari hafta davomida 10 foizga pasaydi
Foto: Pexels

«Toshkent» Respublika fond birjasida 12–19-iyun kunlari «O‘zbekko‘mir» aksiyalari eng katta o‘sishni qayd etib, 9100 so‘mdan 15 998,98 so‘mgacha yoki 75,81 foizga oshdi. Shu davrda eng katta pasayish «Qashqadaryo texnologik transport» aksiyalarida kuzatilib, ular 289 so‘mdan 260,01 so‘mgacha, ya’ni 10,03 foizga arzonlashdi. UCI fond indeksi 2,3 foizga pasaydi.

Fond birjasi ma’lumotlariga ko‘ra, «Qashqadaryo texnologik transport» aksiyalari 12-iyun kuni 289 so‘mdan baholangan bo‘lsa, 19-iyun holatiga kelib 260,01 so‘mgacha tushdi. Bu kuzatuvga kiritilgan aksiyalar orasidagi eng katta pasayish bo‘ldi.

Hafta davomida «Kvarts» aksiyalari ham sezilarli arzonlashdi. Kompaniya qimmatli qog‘ozlari 2537,48 so‘mdan 2308,5 so‘mgacha pasayib, 9,02 foizga tushdi. «O‘zbekgeofizika» aksiyalari esa 980 so‘mdan 900 so‘mgacha arzonlashib, 8,16 foizlik pasayish qayd etdi.

Shuningdek, «O‘zbekneftgaz» aksiyalari 2949,99 so‘mdan 2750 so‘mgacha tushib, 6,78 foizga arzonlashdi. «Aloqabank»ning oddiy aksiyalari 6,38 foizga, imtiyozli aksiyalari esa 6,29 foizga pasaydi.

Shu bilan birga, ayrim emitentlar aksiyalarida o‘sish kuzatildi. Eng yuqori o‘sish «O‘zbekko‘mir» aksiyalarida qayd etildi. Kompaniya aksiyalari 9100 so‘mdan 15 998,98 so‘mgacha ko‘tarilib, 75,81 foizga oshdi.

«Olmaliq KMK» aksiyalari ham ijobiy dinamika ko‘rsatdi. Ularning narxi 16 110 so‘mdan 16 700 so‘mgacha oshib, 3,66 foizga qimmatlashdi. «O‘zbekiston pochtasi» aksiyalari 3,12 foizga, «Agrobank»ning imtiyozli aksiyalari esa 2,66 foizga ko‘tarildi.

Avvalroq «Kursiv» «Mulk-Sarmoya BU» aksiyalari savdosi vaqtincha to‘xtatilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek