Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston rahbari bilan uchrashdi

eʼlon qilindi
Uchrashuvda raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratilgan
Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston rahbari bilan uchrashdi
Foto: Telegram / Saida Mirziyoyeva

Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda uning o‘zi Telegram kanalida ma’lum qildi.

Qozog‘iston prezidenti uchrashuv davomida Saida Mirziyoyevaning tashrifini ikki mamlakat o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish nuqtayi nazaridan muhim deb baholadi. Toqayevning aytishicha, O‘zbekiston va Qozog‘iston siyosiy tizimlarida prezident administratsiyalari muhim o‘rin tutadi. Shu sababli u ikki tuzilma o‘rtasidagi faol ishchi aloqalarni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

Foto: Telegram / Mirziyoyeva

Toqayev O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi yaqin hamkorlik Markaziy Osiyoda barqarorlikni ta’minlash va mintaqaviy sheriklikni mustahkamlash uchun muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, har ikki davlat bir qator ko‘rsatkichlar bo‘yicha mintaqaning yirik mamlakatlari hisoblanadi va hozir o‘z taraqqiyotining hal qiluvchi bosqichida turibdi.

Uchrashuvda raqamlashtirish va sun’iy intellektni rivojlantirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Toqayev Buxoroga amalga oshirgan ishchi tashrifi davomida O‘zbekistonning bir qator sohalardagi, jumladan, sun’iy intellekt va raqamlashtirish yo‘nalishidagi yutuqlari bilan tanishganini eslagan.

Foto: Telegram / Mirziyoyeva

Shuningdek, Saida Mirziyoyeva Ostona tashrifi doirasida Roman Sklyar va Yerlan Karin bilan uchrashgan, «Ostona» xalqaro moliya markazi faoliyati bilan ham tanishgan.

Avvalroq «Kursiv» Saida Mirziyoyeva Avstriya federal kansleri bilan uchrashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek