Andijonda 505 gramm gashishni Toshkentga olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi

eʼlon qilindi
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Andijonda 505 gramm gashishni Toshkentga olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi / Foto: Bojxona qo’mitasi

Andijon viloyatida 505 gramm gashish moddasini Toshkentda noqonuniy muomalaga kiritish uchun olib ketayotgan shaxs qo‘lga olindi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi ma’lum qildi.

Andijon viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi, Davlat xavfsizlik xizmati va Ichki ishlar organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Tezkor ma’lumotlar asosida Bo‘ston tumanida to‘xtatilib tekshirilgan Cobalt rusumli avtomashina yo‘lovchisiga tegishli qo‘l sumkasi ko‘zdan kechirildi. Natijada sumka ichidan ikki bo‘lak modda aniqlandi.

Foto: Bojxona qo’mitasi

Ekspertiza xulosasiga ko‘ra, ushbu modda jami 505 gramm gashish giyohvandlik vositasi ekani ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki surishtiruv davomida fuqaro mazkur giyohvandlik vositasini Toshkent shahriga yetkazib berishi kerak bo‘lgani aniqlangan. Buning evaziga unga 100 mln so‘m va’da qilingani ma’lum qilindi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona va Xorazmda giyohvandlik vositalari savdosi fosh etilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek