Kam Air Toshkent va Kobul o‘rtasidagi reyslar sonini oshirmoqda

eʼlon qilindi
2026-yil 2-iyuldan boshlab
Kam Air Toshkent va Kobul o‘rtasidagi reyslar sonini oshirmoqda / Foto: ZborDirect

Afg‘onistonning Kam Air aviakompaniyasi Kobul va Toshkent o‘rtasidagi aviaqatnovlar sonini haftasiga uch martagacha oshirishini ma’lum qildi. Bu haqda aviakompaniya ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, yangi jadval 2026-yil 2-iyuldan kuchga kiradi. Reyslar sonining ko‘paytirilishi Afg‘oniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi transport, savdo va madaniy aloqalarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Yangilangan jadvalga muvofiq, RQ-9097 reysi Kobul xalqaro aeroportidan soat 09:15 da jo‘nab, Toshkent xalqaro aeroportiga 11:30 da yetib keladi. To‘g‘ridan to‘g‘ri parvoz davomiyligi 1 soat 45 daqiqani tashkil etadi.

Toshkentdan Kobulga amalga oshiriladigan RQ-9098 reysi esa soat 12:50 da uchib, 14:05 da manzilga yetib boradi. Ushbu reys ham to‘g‘ridan to‘g‘ri amalga oshiriladi va 1 soat 45 daqiqa davom etadi.

Kompaniya yo‘lovchilarga safar oldidan amaldagi viza talablari, sayohat qoidalari va bagaj tashish shartlari bilan tanishib chiqishni tavsiya etdi. Chiptalar allaqachon sotuvga chiqarilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘istonning FlyArystan aviakompaniyasi Olmaota — Urganch — Olmaota yo‘nalishida to‘g‘ridan to‘g‘ri aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yishi haqida yozgan edik.

Shuningdek