Toshkentda bo‘yoq hididan zaharlangan uch nafar ishchi qutqarib qolindi

eʼlon qilindi
Taras Shevchenko ko‘chasida joylashgan obyektlardan birida
Toshkentda bo‘yoq hididan zaharlangan 3 ishchi qutqarib qolindi
Foto: FVV

Toshkent shahrining Mirobod tumanida qurilishi davom etayotgan binoda uch nafar ishchi bilan bog‘liq favqulodda holat yuz berdi. Bu haqda FVV xabar berdi.

Hodisa 22-iyun kuni kechki soatlarda Taras Shevchenko ko‘chasida joylashgan obyektlardan birida sodir bo‘lgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ishchilar binoning yer osti qismida bo‘yoqlash ishlarini olib borayotgan vaqtda bo‘yoqdan ajralib chiqqan hid ta’sirida o‘zlarini yomon his qilgan. Shundan so‘ng voqea haqida 112 tizimi orqali tegishli xizmatlarga xabar berilgan.

Hodisa joyiga yetib kelgan qutqaruvchilar uch nafar fuqaroni yer to‘lasidan tezkor ravishda olib chiqib, ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan. Keyinchalik jabrlanganlar tez yordam brigadasiga topshirilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, qutqaruvchilarning tezkor harakati tufayli uch nafar ishchining hayoti saqlab qolingan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan O‘rta Chirchiqda kanalga tushib ketgan Nexia qutqarib olingani haqida yozgandi.

Shuningdek