Uyqum kelmayapti — Shavkat Mirziyoyev Portugaliya bilan o‘tadigan o‘yin haqida

eʼlon qilindi
Davlat rahbari futbol muxlislariga murojaat qilib, bugungi o‘yin oldidan hayajon yuqori ekanini ta’kidladi
Uyqum kelmayapti — Shavkat Mirziyoyev Portugaliya bilan o‘tadigan o‘yin haqida
Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston milliy terma jamoasining Portugaliyaga qarshi o‘yini oldidan terma jamoaga ishonchi haqida fikr bildirdi.

Davlat rahbari jurnalistlarga murojaat qilib, bugungi o‘yin oldidan hayajon yuqori ekanini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionatida maydonga tushishi va mamlakat bayrog‘ining xalqaro maydonda hilpirashi katta faxrdir.

«Futbol bo‘yicha sizlar uxlayapsizlarmi yoki yo‘qmi, uyqum kelmayapti bugun ham. Baribir birinchi g‘alabamiz, bayrog‘imiz hilpiragani va vatanimizni dunyo hamjamiyati bilan tengligidan dalolat», — dedi Shavkat Mirziyoyev.

O‘zbekiston — Portugaliya uchrashuvi 23-iyun kuni Toshkent vaqti bilan 22:00 da boshlanadi. Ushbu bahs O‘zbekiston terma jamoasi uchun guruh bosqichidagi muhim o‘yinlardan biri hisoblanadi.

Avvalroq Mirziyoyev terma jamoaning mundialdagi birinchi golini ham yuksak baholagan edi. Jahon chempionati 1-turidan o‘rin olgan O‘zbekiston – Kolumbiya uchrashuvida «Oq bo‘rilar» 1:3 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Terma jamoa hisobiga birinchi golni Abbosbek Fayzullayevning bosh bilan bergan zarbasi olib keldi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan nashri Kannavaro Portugaliyaga qarshi o‘yin oldidan bo‘lib o‘tgan rasmiy matbuot anjumanida raqibning kuchli tomonlari, jamoaning tayyorgarligi va uchrashuvdagi asosiy vazifalar haqida fikr bildirgani haqida yozgan edi.

Shuningdek