«Andijon polkasi» Ginnes rekordiga kirdi

eʼlon qilindi
20 ming nafar ishtirokchini birlashtirgan ulkan «Andijon polkasi» ommaviy raqs namoyishiga mezbonlik qildi
«Andijon polkasi» Ginnes rekordiga kiritilishi mumkin
Foto: Andijon viloyati hokimligi

Andijon viloyati 20 ming nafar ishtirokchini birlashtirgan ulkan «Andijon polkasi» ommaviy raqs namoyishiga mezbonlik qildi. Ushbu rekord Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi, deya xabar berdi viloyat hokimligi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Keng ko‘lamli madaniy loyiha Andijon shahrining 2026-yilda «Turk dunyosining madaniy poytaxti» deb e’lon qilinishi munosabati bilan tashkil etildi. Shahar markazida o‘tkazilgan tadbirda minglab ishtirokchilar milliy kuy-qo‘shiqlar sadolari ostida «Andijon polkasi» raqsini birgalikda ijro etdi.

Foto: Andijon viloyati hokimligi

Bayram tadbiri davomida maydon va unga tutash hududlar milliy liboslar, sahnalashtirilgan chiqishlar hamda madaniy dasturlar bilan yanada fayzli tus oldi. Tashkilotchilar fikricha, ushbu tashabbus o‘zbek xalqining boy madaniy merosi va milliy qadriyatlarini dunyoga tanitishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Namangan gullar festivali Ginnes rekordlar kitobiga kirgani haqida yozgandi.

Shuningdek