Farg‘ona viloyatida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yer silkinishi Farg‘ona viloyatida 3–4 ball kuch bilan sezilgan
Zilzila
Farg‘ona viloyatida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi / Foto: Facebook

2026-yil 24-iyun kuni soat 21:07:02 da Farg‘ona viloyatida 4 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda Seysmoprognostik monitoring markazi ma’lum qildi.

Yer silkinishining magnitudasi 4 ga teng bo‘lib, o‘chog‘i 13 kilometr chuqurlikda joylashgan. Zilzila episentri Farg‘ona viloyatining Quvasoy shahri hududida qayd etilgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, zilzila Toshkent shahridan 251 kilometr janubi-sharqda joylashgan hududda yuz bergan.

Yer silkinishi Farg‘ona viloyatida 3–4 ball kuch bilan sezilgan. Andijon viloyatida esa zilzila kuchi 2 ballni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qamchiq dovonida yuk mashinasi xandaqqa tushib ketgani haqida yozgan edik.

Shuningdek