JCh — 2026: Angliya va Gana o‘rtasidagi bahsda g‘olib aniqlanmadi

24-iyun 2026 03:00 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Shimoliy Amerikada bo‘lib o‘tayotgan Jahon chempionatining «L» guruhi 2-turida Angliya va Gana milliy terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi. Murosasiz kechgan uchrashuv durang natija bilan yakunlandi va tomonlar bir ochkodan bo‘lishib olishdi.

Foto: FIFA.com

Uchrashuv har ikki tomonning keskin hujumlari bilan qiziqarli o‘tdi. Angliya terma jamoasi to‘p nazoratini o‘zida saqlashga harakat qilgan bo‘lsa, Gana vakillari tezkor qarshi hujumlarda xavfli vaziyatlarni yuzaga keltirishdi. Tomoshabinlar hujumkor futbol guvohiga aylangan bo‘lsa-da, uchrashuvda hisob o‘zgarmadi.

Foto: FIFA.com

Bu natijadan keyin «L» guruhida Angliya va Gana 4 ochkodan jamg‘arib, birinchi va ikkinchi o‘rinlarni egallab turibdi. Guruhdagi qolgan jamoalar — Xorvatiya va Panamada hozircha ochko mavjud emas.

Foto: FIFA.com

Ma’lumot uchun, JCh-2026 guruh bosqichining hal qiluvchi uchinchi turida Angliya Panama terma jamoasi bilan, Gana esa Xorvatiya bilan o‘ynaydi.

Avvalroq Kursiv nashri O‘zbekiston Portugaliyaga yirik hisobda imkoniyatni boy bergani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek