Samsung Galaxy S26 FE global versiyasi paydo bo‘ldi

24-iyun 2026 14:17 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Samsung Galaxy S26 FE global versiyasi qanday
Foto: Grok

Samsung Galaxy S26 FE smartfonining xalqaro versiyasi Geekbench ma’lumotlar bazasida paydo bo‘ldi. SM-S741B indeksiga ega qurilma test natijalariga ko‘ra, koreys bozori uchun mo‘ljallangan talqindan biroz pastroq natija ko‘rsatgan.

Geekbench’dagi ma’lumotlarga ko‘ra, Galaxy S26 FE kompaniyaning Exynos 2500 chipi bilan jihozlangan. Qurilmada 8 GB tezkor xotira mavjud bo‘lib, u Android 17 asosidagi One UI 9 interfeysida ishlaydi.

Texnik xususiyatlar

Geekbench 6.7.1 testida smartfon bir yadroli rejimda 2104 ball, ko‘p yadroli rejimda esa 7148 ball to‘plagan. Avvalroq Janubiy Koreya bozori uchun mo‘ljallangan versiya bir yadroli sinovda 2255 ball, ko‘p yadroli sinovda esa 7450 ball qayd etgani xabar qilingandi.

Bundan tashqari, aprel oyida sinovdan o‘tgan dastlabki qurilma yanada yuqoriroq natija ko‘rsatgan: u bir yadroli rejimda taxminan 2426 ball, ko‘p yadroli rejimda esa 8004 ball to‘plagan edi.

Qo‘shimcha ma’lumotlar

Shu tariqa, yangi paydo bo‘lgan xalqaro versiya avvalgi test namunalariga qaraganda sekinroq ishlagan. Biroq bu yakuniy tijoriy qurilma natijasi bo‘lmasligi mumkin, chunki testdan o‘tayotgan smartfonlar ko‘pincha dastlabki dasturiy ta’minot bilan ishlaydi.

Samsung Galaxy S26 FE 2026-yilning ikkinchi yarmida taqdim etilishi kutilmoqda. Kompaniya hozircha smartfonning rasmiy texnik xususiyatlarini oshkor qilmagan.

Avvalroq «Kursiv» Honor va Samsung ekran texnologiyasida raqobat qilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek