Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi esdalik nishoni ta’sis etildi

eʼlon qilindi
Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda esdalik nishonlari hamda ularga beriladigan guvohnomalarni tayyorlashni tashkil etish vazifasi yuklatildi
Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi esdalik nishoni ta’sis etildi
Foto: Facebook

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti tomonidan «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risidagi farmon imzolandi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Hujjatga ko‘ra, mamlakat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan davlat va jamiyat hayotining turli sohalarida samarali mehnat qilayotgan, Yangi O‘zbekiston taraqqiyotiga munosib hissa qo‘shayotgan fuqarolarni taqdirlash maqsadida yangi esdalik nishoni joriy etildi.

Fidokor vatandoshlar taqdirlanadi

Farmonda ta’kidlanishicha, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar natijasida mamlakatning iqtisodiy salohiyati va xalqaro nufuzi oshib, fuqarolarning ertangi kunga bo‘lgan ishonchi mustahkamlanmoqda.

Shu munosabat bilan o‘zining ko‘p yillik fidokorona mehnati, yuksak kasbiy mahorati va ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki bilan el-yurt hurmatiga sazovor bo‘lgan vatandoshlar «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan mukofotlanadi.

Nishonlar bir oy ichida tayyorlanadi

Farmonga muvofiq, Vazirlar Mahkamasiga bir oy muddatda esdalik nishonlari hamda ularga beriladigan guvohnomalarni tayyorlashni tashkil etish vazifasi yuklatildi.

Mazkur farmon ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov hamda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva zimmasiga yuklatildi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan prezident bir guruh jurnalistlarni bayram arafasida mukofotlagani haqida yozgandi.

Shuningdek