Prezident bir guruh jurnalistlarni bayram arafasida mukofotladi
eʼlon qilindi
40 nafarga yaqin

O‘zbekistonda 27-iyun — Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan Shavkat Mirziyoyev bir guruh jurnalistlarni mukofotladi. Bu haqda davlat rahbarining farmoni qabul qilindi.
Unga ko’ra, 40 nafarga yaqin sohaning turli yo‘nalishida faoliyat yuritayotgan jurnalistlar «Do‘stlik» ordeni, II darajali «Sog‘lom avlod uchun», «Sog‘lom turmush», «Kelajak bunyodkori», va «Shuhrat» medali bilan taqdirlandi.
Avvalroq Kursiv UzbekistanpPrezident madaniyat va san’at fidoyilariga davlat mukofotlarini topshirgani haqida yozgandi.