
Redmi kompaniyasi yangi Redmi K90 Ultra smartfonini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Model savdosi 30-iyun kuni boshlanishi kutilmoqda. Qurilmaning asosiy jihatlaridan biri 165 Hz yangilanish chastotasiga ega ekran bo‘ladi.
Redmi K90 Ultra kibersportga yo‘naltirilgan smartfon sifatida taqdim etilmoqda. Kompaniya ekranda yuqori silliqlik, ko‘zga tushadigan yuklamani kamaytirish uchun ko‘k yorug‘lik intensivligini pasaytirish hamda 40 dan ortiq o‘yinda 165 kadr/soniyagacha bo‘lgan nativ chastotani qo‘llab-quvvatlash imkoniyatini va’da qilmoqda.

Shuningdek, displeyning avvalgi avlodlarga nisbatan energiya samaradorligi yaxshilangani ta’kidlanmoqda. Smartfon 6,83 dyuymli yassi ekran va ingichka ramkalar bilan jihozlanadi.
Qurilmaning «yuragi» Snapdragon 8 Elite flagman platformasi bo‘ladi. Redmi K90 Ultra’ning eng muhim texnik yechimlaridan biri faol sovitish tizimi hisoblanadi. Smartfon korpusiga haqiqiy ventilyator o‘rnatilgan bo‘lib, u orqa qismdagi alohida havo kanali orqali ishlaydi.

Redmi K90 Ultra 8500 mA/soatdan katta sig‘imli akkumulyator bilan jihozlanadi. Bundan tashqari, smartfon 100 Vt tezkor quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydi. Bu esa katta batareyaga qaramay, qurilmani qisqa vaqt ichida quvvatlantirish imkonini beradi.
Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Redmi K90 Ultra qanday texnik xususiyatlarga ega bo‘lishi haqida yozgan edi.