Apple iPad va MacBook narxlarini ko‘tardi: qaysi qurilma qanchaga oshdi

eʼlon qilindi
Narx o‘zgarishi iPhone modellari uchun hozircha amal qilmaydi
Apple iPad va MacBook narxlarini ko‘tardi: qaysi qurilma qanchaga oshdi / Foto: MacAITee

Apple xotira va saqlash chiplari narxining keskin qimmatlashuvi fonida iPad va MacBook qurilmalari narxlarini oshirishini e’lon qildi. Bu haqda Reuters agentligi xabar berdi.

Kompaniya ma’lum qilishicha, narxlarning oshishiga sun’iy intellekt infratuzilmasi uchun ma’lumotlar markazlari jadal qurilishi sabab xotira va saqlash chiplari narxining keskin ko‘tarilgani sabab bo‘lgan. Apple shu vaqtgacha xaridorlarni ushbu xarajatlardan himoya qilib kelganini, biroq endi ayrim mahsulotlar narxini oshirishga majbur bo‘lganini bildirdi.

Tahlilchilarga ko‘ra, xotira ishlab chiqaruvchilari, jumladan, Micron, so‘nggi oylarda Nvidia kabi sun’iy intellekt chiplari ishlab chiqaruvchilarining buyurtmalariga ustuvorlik bergan. Natijada elektronika ishlab chiqaruvchilari uchun xotira chiplari yetkazib berish hajmi qisqargan va narxlar sezilarli oshgan.

Mahsulot2026-yildagi eski narxYangilangan narxNarx oshishi
MacBook Neo (256 GB)$599$699+$100
MacBook Air (512 GB)$1 099$1 299+$200
MacBook Pro (1 TB)$1 699$1 999+$300
iPad Air 128 GB (11″)$599$749+$150
iPad Pro 256 GB (11″)$999$1 199+$200
HomePod$299$349+$50
HomePod Mini$99$129+$30
Apple TV pristavkasi$129$199+$70

Apple bosh direktori Tim Kuk aprel oyidayoq xotira chiplari xarajatlari kompaniya rentabelligiga bosim o‘tkazishini ma’lum qilgandi. Uning aytishicha, iyun oyidan keyin ushbu xarajatlarning biznesga ta’siri yanada kuchayadi.

Ma’lumot uchun, dinamik tezkor xotira (DRAM) narxlari 2026-yilning birinchi choragida 98 foizgacha oshgan. Joriy chorakda esa ular yana 58–63 foizga qimmatlashishi kutilmoqda. Jarayon sun’iy intellekt ma’lumotlar markazlari qurilishining keskin ko‘payishi bilan izohlanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq iOS 27da Apple sun’iy intellektni qaysi ilovalarga integratsiya qilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek