Dam olish kunlari O‘zbekistonda havo 41 darajagacha isiydi

27-iyun kuni O‘zbekistonning katta qismida havo biroz bulutli, ayrim joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar qildi.
Faqat Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysi viloyatlarining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.
Shanba kuni ham ayrim hududlarda momaqaldiroq bo‘ladi
28-iyun kuni ham Toshkent viloyati va Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi hamda momaqaldiroq bo‘lishi ehtimoli saqlanib qoladi.
Shuningdek, respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida ob-havo beqaror bo‘ladi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim joylarida yomg‘ir yog‘ishi, ba’zi hududlarda yog‘ingarchilik kuchli bo‘lishi kutilmoqda. Respublikaning qolgan hududlarida esa yog‘ingarchilik prognoz qilinmayapti.
Toshkentda harorat 41 darajagacha ko‘tariladi
Poytaxtda 26-iyun kuni yog‘ingarchilik kutilmaydi, havo harorati 37–39 daraja bo‘ladi.
Shanba kuni qisqa muddatli yomg‘ir va momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo 38–40 darajagacha isiydi.
Yakshanba kuni esa yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat 39–41 darajani tashkil etadi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan jaziramadan qanday omon qolish mumkinligi haqida yozgandi.