Yangiliklar

Qaysi hududlarda sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin

Jami 63 ta hududda
O‘zbekistonning qator hududlarida sel toshqinlari xavfi e’lon qilindi
Qaysi hududlarda sel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin / Foto: Facebook

28-iyun – 3-iyul kunlari respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqinlari yuzaga kelishi mumkin. Bu haqda «O‘zgidromet» tezkor ogohlantirish berdi.

Quyida xavf e’lon qilingan hududlar jadval kesimida:

ViloyatSel-suv toshqinlari kuzatilishi mumkin bo‘lgan hududlar
QashqadaryoYakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor
SurxondaryoSariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrabot
SamarqandUrgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy, Ishtixon
NavoiyXatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana
JizzaxZomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod
ToshkentOhangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori Chirchiq tumanlari, Angren va Olmaliq shaharlari
NamanganPop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on
Farg‘onaSo‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq
AndijonAndijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari, Xonobod shahri

Mutasaddilar tog‘ oldi va tog‘li hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu yo‘nalishlarda harakatlanayotgan haydovchilardan ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘radi. Shuningdek, respublikaning ayrim hududlarida kuchli yog‘ingarchilik oqibatida yomg‘ir suvlari to‘planib, ayrim joylarni suv bosishi mumkinligi ham qayd etildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Baxmaldagi sel oqimi sabab 32 nafar dam oluvchi evakuatsiya qilingan edi.