Sanoat xavfsizligi sohasida akkreditatsiya olish tartibi o‘zgardi

eʼlon qilindi
Hukumatning 2026-yil 25-iyundagi 325-son qarori bilan
Sanoat xavfsizligi sohasida akkreditatsiya olish tartibi o‘zgardi / Foto: Hafiza Muxtorova

O‘zbekistonda sanoat xavfsizligi sohasidagi ekspert tashkilotlarini akkreditatsiyadan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatini ko‘rsatishning yangi tartibi belgilandi. Bu haqda Adliya vazirligi ma’lum qildi.

Murojaat qilish tartibi

Reglamentga ko‘ra, talabgorlar davlat xizmatidan foydalanish uchun Davlat xizmatlari markazi, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) yoki «Yagona integratsiyalashgan ekotizim» axborot tizimi orqali murojaat qilishi mumkin.

Arizaga ilova qilinadigan hujjatlar

Talabgor quyidagi hujjatlarni taqdim etishi lozim:

  • akkreditatsiya sohasi hamda ushbu yo‘nalishda ishlash uchun sanoat xavfsizligi bo‘yicha ekspertlar bilan ta’minlanganlik haqidagi ma’lumotlar;
  • ekspert tashkilotining nizomi;
  • akkreditatsiya mezonlariga muvofiqlik to‘g‘risidagi deklaratsiya;
  • sifatni boshqarish tizimining muvofiqlik sertifikati;
  • boshqa zarur hujjatlar.

Arizani ko‘rib chiqish va baholash

Vakolatli organ ariza qabul qilingan kundan boshlab 20 ish kuni ichida taqdim etilgan hujjatlarni tahlil qiladi. Shundan so‘ng, vakolatli organ buyrug‘i bilan tuziladigan baholash komissiyasi talabgor faoliyatini joyiga chiqqan holda baholaydi.

Akkreditatsiya attestati

Agar baholash dalolatnomasi ijobiy bo‘lsa, u rasmiylashtirilgan kundan boshlab 10 ish kuni ichida akkreditatsiya attestatini berish to‘g‘risida qaror qabul qilinadi. Akkreditatsiya attestati 5 yil muddatga beriladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq avtomobillar uchun haydovchilar soni cheklanmagan sug‘urta joriy etilishi haqida yozgan edik.

Shuningdek