Vivo 295 dollarlik Y6a smartfonini taqdim etdi

26-iyun 2026 16:26 eʼlon qilindi

Lobar Turayeva

Lobar Turayeva

Muxbir l.turayeva@kursiv.media
Vivo 295 dollarlik Y6a smartfonini taqdim etdi
Foto: Vivo

Vivo kompaniyasi yangi budjet segmentiga mo‘ljallangan Vivo Y6a smartfonini taqdim etdi. Bu haqda kompaniya rasmiy sahifasida ma’lum qildi.

Qurilma sig‘imi 7200 mA/soat bo‘lgan akkumulyator, IP68 va IP69 darajasidagi suv hamda changdan himoya va $295 lik narxi bilan e’tiborni tortmoqda.

Katta batareya va Snapdragon protsessori

Smartfon 44 Vt quvvatga ega tezkor simli quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydigan 7200 mA/soat sig‘imli batareya bilan jihozlangan. Simsiz quvvatlash funksiyasi mavjud emas.

Qurilma Qualcomm Snapdragon 4 Gen 2 protsessori asosida ishlaydi va 5G tarmoqlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Xotira konfiguratsiyasi 8 GB tezkor va 256 GB doimiy xotiradan iborat.

120 Gs ekran va 50 MP kamera

Vivo Y6a 6,75 dyuymli IPS displeyga ega bo‘lib, ekran o‘lchamlari 1570×720 piksel, yangilanish chastotasi esa 120 Gsni tashkil etadi.

Foto: Vivo

Asosiy kamera 50 megapiksel, old kamera esa 8 megapiksel sensor bilan ta’minlangan. Qurilmada ultra keng burchakli yoki telefoto kamera mavjud emas.

Suv, chang va zarbalarga chidamli

Smartfon IP68 va IP69 standartlari bo‘yicha suv va changdan himoyalangan. Shuningdek, ishlab chiqaruvchi qurilmaning zarbalarga chidamliligi ham oshirilganini ta’kidlagan.

Vivo Y6a hozircha faqat 8/256 GB xotira variantida taqdim etilgan bo‘lib, uning narxi $295 etib belgilangan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Samsung Galaxy A27 smartfoni taqdim etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek