Anvar Anvarov yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston rekordini yangiladi

27-iyun 2026 18:17 eʼlon qilindi

Sapura Temirxanova

Sapura Temirxanova

Muxbir temirxanovasapura@gmail.com
Anvar Anvarov yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston rekordini yangiladi
Foto: stadion.uz

Anvar Anvarov Xorvatiyada o‘tkazilgan xalqaro turnirda 8,29 metr natija ko‘rsatib, uzunlikka sakrash bo‘yicha O‘zbekiston rekordini yangiladi. Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi.

Xorvatiyaning Zagreb shahrida yengil atletika bo‘yicha xalqaro turnir tashkil qilindi. Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Anvar Anvarov ham qatnashdi. Anvarov musobaqada eng yaxshi natijani qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Yangi milliy rekord qayd etildi

Sportchi uzunlikka sakrash bahsida 8,29 metr natija ko‘rsatdi. Bu natija O‘zbekistonning yangi milliy rekordi sifatida qayd etildi.

Video: MOQ

Avvalgi rekord ham Anvarovga tegishli edi. U o‘tgan yili Finlyandiyada 8,25 metrga sakragan edi.

Kuchli uchlik

Musobaqada birinchi o‘rinni Anvar Anvarov 8,29 metr natija bilan egalladi.

Ikkinchi o‘rinni serbiyalik Luka Boshkovich 8,23 metr natija bilan qo‘lga kiritdi. Uchinchi o‘rin esa yamaykalik Tajey Geylga nasib etdi – uning natijasi 8,18 metrni tashkil qildi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq o‘zbekistonlik shaxmatchilar jahon chempionatida bronza medalini qo‘lga kiritgandi.

Shuningdek