Dollar kursi hafta davomida qariyb 45 so‘mga tushdi

O‘zbekistonda dollar kursi ushbu haftani pasayish bilan yakunladi. Hafta o‘rtasida AQSh valyutasi biroz ko‘tarilgan bo‘lsa da, boshqa kunlardagi keskin tushish uning hafta davomida 44,93 so‘mga pasayishini ta’minladi.
22-iyun kuni dollar kursi 27,11 so‘mga pasayib, 12 058,45 so‘mni tashkil qildi. 23-iyun kuni ham pasayish davom etdi va kurs 68,19 so‘mga tushib, 11 990,26 so‘mga yetdi. Biroq 24-iyundan boshlab dollar yana qimmatlashdi. Shu kuni kurs 26,78 so‘mga oshib, 12 017,04 so‘mni tashkil qildi.
25-iyun kuni esa AQSh valyutasi yana 7,36 so‘mga ko‘tarilib, 12 024,40 so‘mga yetdi. 26-iyun uchun e’lon qilingan kursga ko‘ra, dollar 10,88 so‘mga tushib, 12 013,52 so‘mni tashkil etdi.
Shu tariqa hafta boshidagi 12 058,45 so‘mlik ko‘rsatkich bilan taqqoslaganda, dollar kursi 44,93 so‘mga tushdi.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv uzbekistan nashri 29-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilingani haqida yozgan edi.