Senegal Iroq darvozasiga javobsiz 5 ta gol kiritdi

27-iyun 2026 02:07 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Jahon chempionati guruh bosqichining so‘nggi turida Senegal terma jamoasi Iroq ustidan 5:0 hisobida ishonchli g‘alabaga erishdi.

Foto: FIFA.com

Uchrashuvning dastlabki daqiqalaridanoq tashabbusni o‘z qo‘liga olgan Senegal tezkor gol urishga muvaffaq bo‘ldi. 4-daqiqadayoq Habib Diarra Abdulay Sekning uzatmasidan so‘ng hisobni ochdi. Vaziyat Iroq terma jamoasi uchun 13-daqiqada Rebin Sulaka qizil kartochka olib, jamoasining maydonda ozchilik bo‘lib qolishiga sababchi bo‘ldi.

Foto: FIFA.com

Raqibning bir kishi kam bo‘lib qolganidan unumli foydalangan senegalliklar hujumlar sonini keskin oshirdi. 18-daqiqada Abdulay Sek sariq kartochka olganiga qaramay, bu jamoaning hujumkor o‘yiniga salbiy ta’sir ko‘rsatmadi. Ikkinchi bo‘limda afrikaliklar raqib darvozasiga yana to‘rtta to‘p kiritishdi.

56-daqiqada Ismoila Sarr L. Kamaraning uzatmasini golga aylantirgan bo‘lsa, oradan ko‘p o‘tmay, 59-daqiqada Pap Geye uchinchi golni urdi. Uchrashuvning 71-daqiqasida yana o‘sha Pap Geye dubl qayd etgan holda hisobni yiriklashtirdi. Unga bu vaziyatda Ndiaye hammualliflik qildi.

Foto: FIFA.com

O‘yinning 82-daqiqasida esa Iliman Ndiayening o‘zi hisobni 5:0 ko‘rinishiga keltirib, uchrashuvga nuqta qo‘ydi. Ma’lumot uchun, ushbu yirik g‘alabaga qaramay, Senegal 3 ochko to‘plab, «I» guruhida 3-o‘rinni egalladi va turnirdagi ishtirokini yakunladi.

Avvalroq Kursiv nashri Yaponiya Shvetsiya bilan durang o‘ynab, guruhda ikkinchi o‘rinni egallagani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek