Bu musobaqa men uchun ham, futbolchilar uchun ham katta tajriba boʻldi — Kannavaro mag‘lubiyatni izohladi

eʼlon qilindi
Murabbiy futbolchilar bor imkoniyatini ishga solganini va bundan faxrlanishini bildirdi
Bu musobaqa men uchun ham, futbolchilar uchun ham katta tajriba boʻldi — Kannavaro mag‘lubiyatni izohladi / Foto: O‘FA

O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kongo Demokratik Respublikasiga qarshi o‘yindan so‘ng uchrashuv natijasi va jamoa o‘yini yuzasidan fikr bildirdi. Bu haqda O‘FA xabar berdi.

Murabbiyning ta’kidlashicha, jamoa birinchi bo‘limni yaxshi o‘tkazgan va ko‘plab gol urish imkoniyatlarini yaratgan. Futbolchilar bu vaqt davomida katta hajmdagi jismoniy yuklama bilan harakat qilgan, raqib esa jismoniy tayyorgarlik borasida yaxshi shakllangan jamoa bo‘lgan.

«Biz oʻyindan oldin toʻpni nazorat qilmasak qiyin boʻlishini bilardik. Ikkinchi boʻlimda xatolar qildik va shu sababli gollar oʻtkazib yubordik», — deya izohladi u.

Foto: O‘FA

Shunga qaramay, u futbolchilardan shikoyat qilmasligini, ular bor imkoniyatini ishga solganini va bundan faxrlanishini bildirdi.

Fabio Kannavaro ushbu musobaqa o‘zi va futbolchilar uchun muhim tajriba bo‘lganini ta’kidladi. Uning fikricha, kuchli jamoalarga qarshi o‘tkazilgan bahslar kelajakda terma jamoa uchun qo‘shimcha motivatsiya bo‘lib xizmat qiladi.

«Guruhimizda ham kuchli jamoalarga qarshi oʻynashimiz kerakligini bilardik. Lekin ushbu natijadan afsusdamiz», — deydi italiyalik mutaxassis.

Ma’lumot uchun, uchrashuvda O‘zbekiston hisobni 10-daqiqada Eldor Shomurodovning goli bilan ochgan. Biroq ikkinchi bo‘limda Kongo DR safida Vissa 68 va 90+1-daqiqalarda, Mayele esa 78-daqiqada gol urib, jamoasiga 3:1 hisobidagi g‘alabani taqdim etdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Abduqodir Husanovning yillik daromadi 6,2 mln dollar deb baholangani haqida xabar bergan edik.

Shuningdek