29-iyun kuni qanday ob-havo kuzatiladi

29-iyun kuni O‘zbekistonda kunduzi asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. Bu haqda «O‘zgidromet» xabar bermoqda.
Faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Navoiy va Toshkent viloyatlarining ayrim hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Shamol tezligi 7–12 metr/soniyani tashkil etadi. Ba’zi joylarda shamol 13–18 metr/soniyagacha, ayrim vaqtlarda esa 20–22 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Ayrim hududlarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor. Havo harorati 30–35 daraja, janubda esa ba’zi joylarda 38–40 darajagacha ko‘tariladi.
Toshkent shahrida kunning ikkinchi yarmida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi va momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3–8 metr/soniya tezlikda esadi, ba’zi paytlarda 12–15 metr/soniyagacha kuchayadi. Ayrim joylarda chang-to‘zon kuzatilishi ehtimoli bor. Poytaxtda havo harorati 32–34 daraja atrofida bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi ehtimoli saqlanib qoladi. Shamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi, momaqaldiroq vaqtida 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi mumkin. Bu hududlarda harorat 20–25 daraja bo‘ladi.
Avvalroq «Kursiv» 27-iyun kuni qanday ob-havo kuzatilishi haqida yozgan edi.