30-iyun uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
eʼlon qilindi
29-iyun kuni esa 4,23 so‘mga tushib, 12 009,29 so‘mga tenglashgan edi

30-iyun uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 51,55 so‘mga oshib, 12 060,84 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi. Markaziy bank ham o‘z saytida e’lon qildi.
Dollarning so‘nggi kunlardagi o‘zgarishi
23-iyun kuni esa 68,19 so‘mga tushib, 11 990,26 so‘m bo‘ldi. 24-iyun kuni 26,78 so‘mga oshib, 12 017,04 so‘mni, 25-iyun kuni 7,36 so‘mga oshib, 12 024,40 so‘mni, 26-iyun kuni esa 10,88 so‘mga tushib, 12 013,52 so‘mni tashkil etdi. 29-iyun kuni esa 4,23 so‘mga tushib, 12 009,29 so‘mga tenglashdi.
Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 55,18 so‘mga oshib, 13 754,18 so‘mni, rubl esa 0,26 so‘mga tushib, 155 so‘mni tashkil qildi.
Avvalroq Kursiv Uzbekistan dollar hafta davomida qanchaga oshgani haqida yozgan edi.