Fond bozori: qaysi aksiyalar qimmatlashib, qaysilari arzonlashdi

eʼlon qilindi
19-iyundan 26-iyungacha bo‘lgan davrda
Fond bozori: «Hamkorbank» aksiyalari yana qimmatlashdi
Foto: The WallStreet School

«Toshkent» respublika fond birjasi (RFB)dan joy olgan yuqori likvidli aksiyalarning aksariyati 19-iyundan 26-iyungacha bo‘lgan davrda ijobiy dinamikani ko‘rsatib, UCI fond indeksi 11,09 foizga oshdi.

Ushbu davr mobaynida «Garant bank» aksiyalari eng katta o‘sishga erishib, 26,40 foizga qimmatlashdi. Shuningdek, «Turonbank» (+13,93%) va «O‘ztransgaz» aksiyalarida (+5,53%) ham o‘sish qayd etildi.

O‘z navbatida, «O‘zbekko‘mir» aksiyalari 18,74 foizga arzonlashib, haftaning eng katta pasayishini qayd etdi. Bundan tashqari, «Ipoteka-bank» (-11,50%) va «O‘zbekiston pochtasi» (-10,27%) aksiyalari ham pasayish bilan ajralib turdi. Faqatgina «Buxoroneftgazparmalash» aksiyalari narxida o‘zgarish kuzatilmadi.

Bitimlar soni bo‘yicha «Aloqabank» (4 353 ta), «Kapital sug‘urta» (4 019 ta) va «Chilonzor buyum savdo kompleksi» (2 297 ta) peshqadam bo‘ldi.

Aksiyalar bozorida ushbu haftada hajm bo‘yicha esa UzNIF (5,23 mlrd so‘m) yetakchilik qildi. «Hamkorbank» (2,86 mlrd so‘m) va «O‘zRTXB» (1,16 mlrd so‘m) aksiyalari yuqori uchlikdan joy oldi.

Yuqori likvidli aksiyalardan 10 tasi haftani ijobiy, bittasi o‘zgarishsiz va 27 tasi salbiy natija bilan yakunladi. Birjaviy savdolarning asosiy maydonchadagi umumiy hajmi 14 mlrd so‘m bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bilan repo bitimlarini amalga oshirish tartibi tasdiqlangandi. Yangi tartibga ko‘ra, bunday bitimlar fond birjalari va birjadan tashqari savdo tashkilotchilarining elektron savdo tizimlari orqali tuziladi. Bitim ikki bosqichdan iborat bo‘lib, dastlab qimmatli qog‘ozlar sotiladi, so‘ng belgilangan muddatda avtomatik ravishda qayta sotib olinadi.

Shuningdek