Jetour T1 avtomobilining arzon versiyasi sotuvga chiqdi

29-iyun 2026 11:02 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Jetour T1 avtomobilining arzon versiyasi sotuvga chiqdi
Foto: Autohome

Jetour brendi tomonidan Xitoydan Jetour T1 avtomobilining arzon versiyasi sotuvga chiqarildi. Bu haqda Autohome texnologiyalar nashri xabar bermoqda.

Xitoydagi versiya tashqi ko‘rinishi va jihozlari bo‘yicha ixcham off-road uslubidagi krossover sifatida taklif etilmoqda, biroq texnik jihatdan u kuchliroq talqinlardan farq qiladi.

Model Xitoyda uchta komplektatsiyada sotiladi. Rasmiy tavsiya etilgan narxlar 115 ming yuandan 135 ming yuangacha belgilangan. Dastlabki xaridorlar uchun esa narx 110 ming yuandan 130 ming yuangacha tushirilgan.

Narxlar

Taklif turiYuandagi narxDollarda taxminan
Rasmiy narx115 000 – 135 000 yuan16 900 – 19 900 dollar
Dastlabki xaridorlar uchun110 000 – 130 000 yuan16 200 – 19 100 dollar
Trade-in bilan90 000 – 110 000 yuan13 200 – 16 200 dollar

Texnik xususiyatlar

Jetour T1 saloni charm qoplama bilan jihozlangan. Avtomobilda 10 dyuymli raqamli asboblar paneli va 12,8 dyuymli multimedia ekrani mavjud. Barcha versiyalar 1,5 litrli turbo dvigatel bilan ta’minlangan. Ushbu motor 184 ot kuchi ishlab chiqaradi va 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi bilan ishlaydi.

Xitoydagi Jetour Freedom faqat old g‘ildirakdan tortuvchi versiyada taklif etiladi. Bu modelning eng muhim farqlaridan biri hisoblanadi. Ya’ni u to‘liq yuritma, 2,0 litrli dvigatel yoki klassik avtomat uzatma bilan emas, balki nisbatan oddiyroq 1,5 litrli turbo motor va «robot» bilan sotilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» nashri Jetour kompaniyasi yangi modellarini namoyish etgani haqida yozgan edi.

Shuningdek