O‘zbekistonda aholisi eng kam hududlar qaysi

eʼlon qilindi
O‘zbekistonda doimiy aholisi eng kam hudud G‘ozg‘on shahri
Yaponiya Fudzi vulqoni otilishi tasvirlagan SI-video bilan aholini ogohlantirdi
Foto: ABC News

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatida O‘zbekistonda doimiy aholisi eng kam hudud G‘ozg‘on shahri bo‘ldi. Shaharda 9,5 ming nafar aholi istiqomat qiladi.

Undan keyingi o‘rinlarda Tomdi tumani va Shirin shahri qayd etilgan.

Aholisi eng kam tuman va shaharlar

2026-yil 1-aprel holatiga ko‘ra, G‘ozg‘on shahrida 9,5 ming nafar, Tomdi tumanida 15,3 ming nafar, Shirin shahrida 19,4 ming nafar aholi yashaydi.

Shuningdek, Qorovulbozor tumanida 20,7 ming, Bo‘zatov tumanida 21,8 ming, Yangiobod tumanida 30,6 ming, Mo‘ynoq tumanida 34,1 ming nafar aholi istiqomat qiladi.

Konimex tumanida doimiy aholi soni 36,8 ming nafar, Taxtako‘pir tumanida 38,9 ming nafar, Uchquduq tumanida esa 39,9 ming nafarni tashkil etgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekistonda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 35 yilda 9 yoshga oshgani xabar qilingandi. Unga ko‘ra, 1991-yilda o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66,4 yosh bo‘lgan. Keyingi yillarda ushbu ko‘rsatkich izchil o‘sib, 1995-yilda 69,1 yoshga, 2000-yilda 70,8 yoshga, 2005-yilda 71,8 yoshga, 2010-yilda 73 yoshga, 2015-yilda 73,6 yoshga yetgan. 2020-yilda bu ko‘rsatkich 73,4 yoshni tashkil etgan.

Shuningdek