20 nafar yoshlar «Kelajak bunyodkori» mukofotini oldi — ro‘yxat

eʼlon qilindi
Mukofot yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, davlat va jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida taqdim etildi
20 nafar yoshlar «Kelajak bunyodkori» mukofotini oldi / Foto: President.uz

Prezident farmoni bilan 20 nafar tashabbuskor va yetakchi yoshlar «Kelajak bunyodkori» medali bilan mukofotlandi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati ma’lum qildi.

Mukofotlanganlar orasida oliy ta’lim muassasalari talabalari va doktorantlari, tadbirkorlar, shifokor, o‘qituvchi, muhandis, fermer, sportchi, uchuvchi, yoshlar yetakchisi, davlat va xususiy sektor vakillari, shuningdek, sun’iy intellekt platformasi asoschisi ham bor:

F.I.Sh.Lavozim / FaoliyatHudud / Tashkilot
Azatova Shaxzoda Alisher qizi4-bosqich talabaO‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Nukus filiali, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Odiljonova Kamola Abduvosit qizi1-bosqich doktorantAndijon davlat pedagogika instituti, Andijon viloyati
Bafoyev Jaxongir Shuxrat o‘g‘liKitob do‘konlari tarmog‘i ta’sischisi«Bukhara books», Buxoro viloyati
Jalolova Mohira Sirojiddin qiziNeyroxirurgJizzax viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi
Ziyodova Asal Isomiddin qiziNodavlat ta’lim muassasasi rahbari«Bolalar akademiyasi», Qashqadaryo viloyati
Istamtoshev Sulaymon DovudovichO‘qituvchiNavoiy ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internati, Navoiy viloyati
Soloxiddinov Qobiljon Komil o‘g‘liAvtoservis rahbari«Qobil Jiga servis», Yangi Namangan tumani, Namangan viloyati
Nurmamatova Pokiza Akmaljon qiziStartap asoschisi«Kaja Games» milliy o‘yinlar loyihasi, Pastdarg‘om tumani, Samarqand viloyati
Raximberdiyev Temur Abbos o‘g‘liMuhandis-texnolog«Sesosino newenergy technology», Yangiyer shahri, Sirdaryo viloyati
Abduxoliqov Akmal QahramonovichFermer xo‘jaligi boshlig‘i«Aka-uka oltin yerlari», Angor tumani, Surxondaryo viloyati
Yunusova Ozoda Ulug‘bek qiziFlotator«Olmaliq KMK» AJ, Toshkent viloyati
Odilov Hamidjon Valijon o‘g‘liLogistika korxonasi rahbari«TruDispatch», Farg‘ona shahri, Farg‘ona viloyati
Rahimova Sevinch HamroyevnaKarate milliy terma jamoa a’zosiXorazm viloyati
Mirfayzullayeva Azizaoy Maxmudjon qiziYoshlar yetakchisi«Farog‘atli» MFY, Sergeli tumani, Toshkent shahri
Aslonova Laylo OlimovnaYoshlar parlamenti raisiO‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati
Mamasaidov Muhammadsaid Muhammadqosim o‘g‘liSun’iy intellekt platformasi asoschisi«Tahrirchi»
Mo‘ydinova Zilola Voxid qiziO‘qituvchiBojxona instituti, bojxona to‘lovlari va statistikasi kafedrasi
Mustayeva Sabina RuslanovnaXonanda«O‘zbekkonsert» davlat muassasasi
Safolov Firuzjon RasuljonovichUchuvchi (A-321)«Uzbekistan Airways» AJ
Xujamberdiyeva Lobarxon Xaydar qizi2-bosqich kursantO‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti

Farmonda qayd etilishicha, ushbu yoshlar o‘zining bilim va salohiyati, iste’dodi, namunali xulqi, Vatanga sadoqati hamda turli sohalardagi yutuqlari bilan Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti va mamlakatning xalqaro nufuzini yuksaltirishga munosib hissa qo‘shib kelayotgani uchun rag‘batlantirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan yangi esdalik nishoni ta’sis etilgani haqida yozgan edik.

Shuningdek