Saudi Arabistonda vertolyot halokatga uchradi, 14 kishi halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Halok bo‘lganlarning barchasi Saudiya Arabistoni fuqarolari bo‘lgan
Saudi Arabistonda vertolyot halokatga uchradi, 14 kishi halok bo‘ldi / Foto: Reuters

Saudi Arabistonning sharqiy qismida Aramco kompaniyasiga tegishli vertolyot halokati oqibatida 14 nafar fuqaro halok bo‘ldi. Bu haqda BBC nashri ma’lum qildi.

Davlat OAVlariga ko‘ra, voqea yakshanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 06:00 da Ras Tanura shahrida sodir bo‘lgan. Halokatga uchragan vertolyot davlatga qarashli neft giganti Aramco kompaniyasiga tegishli bo‘lib, undagi barcha 14 nafar yo‘lovchi halok bo‘lgan. Halok bo‘lganlarning barchasi Saudiya Arabistoni fuqarolari ekani bildirildi.

Rasmiylar hodisa yuzasidan tergov ishlari boshlanganini ma’lum qildi. Aramco kompaniyasi esa hozircha holat yuzasidan izoh bermagan. Saudiya Arabistoni energetika vazirligi esa halok bo‘lganlar yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Ras Tanura shahri Yaqin Sharqdagi eng yirik neft qayta ishlash zavodlaridan biriga mezbonlik qiladi. Aramco ushbu hududda xom neft yuklash jarayonlarini 26-iyun kuni qayta tiklagan bo‘lib, bu jarayon mintaqadagi urush sabab qariyb to‘rt oy to‘xtab turgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQShda B-52 bombardimon samolyoti halokatida sakkiz kishi vafot etgan edi.

Shuningdek