Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisini tabrikladi

eʼlon qilindi
Tomonlar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holatini yuqori baholagan
Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisini tabrikladi
Foto: prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev 29-iyun kuni Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Suhbat avvalida davlat rahbari Gurbanguli Berdimuhamedovni tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘liq, oilaviy baxt-saodat, qardosh Turkmaniston xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.

Muloqot davomida tomonlar O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarining bugungi holatini yuqori baholadi. Qayd etilishicha, ikki mamlakat o‘rtasida barcha darajalarda yaqin va samarali aloqalar davom ettirilmoqda.

Ikki davlat hamkorligi

Savdo-iqtisodiy hamkorlikda ham ijobiy sur’atlar kuzatilmoqda. Tovar ayirboshlash hajmi barqaror oshib bormoqda, sanoat, energetika, transport va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda kooperatsiya loyihalari amalga oshirilmoqda. «Shovot—Toshovuz» savdo zonasi samarali faoliyat yuritayotgani alohida ta’kidlandi.

Shuningdek, hududlararo aloqalar, ishbilarmonlik hamkorligi va madaniy-gumanitar almashinuvlar kengayib borayotgani qayd etildi. Tomonlar yaqinda Ashxobod shahrida o‘tkazilgan Hukumatlararo komissiya hamda Ishbilarmonlar kengashi yig‘ilishlari yakunlarini ham yuqori baholadi. Suhbatda mintaqaviy kun tartibidagi masalalar ham muhokama qilindi.

Xususan, joriy yil oktabr oyida Turkmanistonda bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo va Ozarbayjon davlat rahbarlarining sakkizinchi Maslahat uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish doirasida o‘zaro muvofiqlashtirish va tashabbuslarni ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

Avvalroq «Kursiv» prezident bir guruh jurnalistlarni bayram arafasida mukofotlagani haqida yozgan edi.

Shuningdek