Tramp AQSh mustaqilligining 250 yilligiga yangi pasport dizaynini namoyish etdi

eʼlon qilindi
Yangi namunadagi pasportlar 2026-yil 6-iyuldan boshlab Vashingtonda berila boshlaydi
Tramp AQSh mustaqilligining 250 yilligiga yangi pasport dizaynini namoyish etdi
Foto: @realdonaldtrump

AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakat mustaqilligining 250 yilligi munosabati bilan tayyorlangan yangi pasport dizaynini jamoatchilikka taqdim etdi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, yangi namunadagi pasportlar 2026-yil 6-iyuldan boshlab Vashingtonda berila boshlaydi.

Oq uy ushbu hujjatni «vatanparvarlik pasporti» deb atadi. Tramp esa uni quyidagi so‘zlar bilan taqdim etdi:

«Bu yangi AQSh pasporti: Xush kelibsiz, ammo o‘zingizni yaxshi tuting», — deydi.

Pasportning ichki sahifasida Trampning to‘liq bo‘yli portreti tasvirlangan. Rasm AQSh Mustaqillik deklaratsiyasi matni bilan o‘ralgan bo‘lib, pastki qismida prezidentning imzosi ham joylashtirilgan.

Shuningdek, xuddi shu dizayndagi esdalik oltin tangalarni ham chiqarish rejalashtirilgan edi. Ularda Trampning portreti va unga 2024-yilda Pensilvaniyadagi suiqasddan so‘ng aytgan «Fight» (Kurashing) so‘zi tushirilishi ko‘zda tutilgan.

Biroq Kongressdagi demokratlar bu tashabbusga qarshi chiqdi. Senatorlar Elizabet Uorren va Ron Uayden bunday tanga demokratiyadan ko‘ra monarxiyaga xos ramz ekanini ta’kidlab, uni ishlab chiqarishni to‘xtatishga chaqirdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Donald Trampning sog‘lig‘i yaxshi deb baholangani haqida yozgandi.

Shuningdek