127 mingdan ortiq fuqaroga tibbiy xizmatlar uchun ortiqcha undirilgan pullar qaytariladi

eʼlon qilindi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda Taxiatosh tumani tibbiyot birlashmasi
127 mingdan ortiq fuqaroga tibbiy xizmatlar uchun ortiqcha undirilgan pullar qaytariladi
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi

Raqobat qo‘mitasi tomonidan 2023–2025-yillar davomida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari hamda Taxiatosh tumani tibbiyot birlashmasini o‘z ichiga olgan 8 ta tibbiyot muassasasida pullik tibbiy xizmatlar narxlarining shakllantirilishi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

Tahlillar natijasida ayrim tibbiyot muassasalari xizmatlar narxini belgilashda amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilmagani aniqlandi. Xususan, narxlarni hisoblashda tushumlarning 2 foizini rag‘batlantirish jamg‘armasiga ajratish, amortizatsiya xarajatlarini qo‘shish, rentabellikning maksimal darajasini qo‘llash, xronometraj me’yorlarini belgilangan tartibda tasdiqlamaslik hamda ayrim soliq xarajatlarini hisob-kitoblarga kiritish holatlari qayd etilgan.

Mazkur qonunbuzilishlar tufayli fuqarolardan tibbiy xizmatlar uchun ortiqcha haq undirilgani aniqlanib, 6 ta tibbiyot muassasasiga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Qo‘mita qaroriga ko‘ra, 127 mingdan ortiq fuqarodan asossiz undirilgan 285,4 million so‘m mablag‘ qaytarilishi, aniqlangan kamchiliklar bartaraf etilishi hamda kelgusida bunday holatlarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha majburiy ko‘rsatmalar berildi.

Shuningdek, o‘rganishlar yakunida pullik tibbiy xizmatlar narxini sun’iy ravishda oshirib kelgan omillar bartaraf etildi. Natijada ayrim davlat tibbiyot muassasalarida pullik tibbiy xizmatlar narxi o‘rtacha 5–10 foizga arzonlashdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Raqobat qo‘mitasi 8 ta tibbiyot markaziga narxlarni qayta ko‘rib chiqishni topshirgani haqida yozgandi.

Shuningdek