Rossiyaga borayotganlar uchun RuID ilovasida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha qo‘llanma

eʼlon qilindi
Migratsiya agentligi bu bo‘yicha qo‘llanma e’lon qildi
Rossiyaga borayotganlar uchun RuID ilovasida ro‘yxatdan o‘tish bo‘yicha qo‘llanma
Foto: Yuz.uz

Rossiya Federatsiyasiga ishlash yoki ta’lim olish maqsadida borayotgan O‘zbekiston fuqarolariga safardan oldin RuID mobil ilovasida ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etiladi. Migratsiya agentligi bu bo‘yicha qo‘llanma e’lon qildi.

1-qadam. RuID ilovasini o‘rnating

Mobil telefoningizga RuID ilovasini yuklab oling va ishga tushiring.

2-qadam. Shaxsiy ma’lumotlarni kiriting

Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida pasport ma’lumotlari va boshqa talab etilgan shaxsiy ma’lumotlarni to‘ldiring.

3-qadam. Safar maqsadini tanlang

Rossiyaga borish sababini (mehnat faoliyati, ta’lim yoki boshqa maqsad) ko‘rsating.

4-qadam. Biometrik tasdiqlashdan o‘ting

Ilovadagi biometrik identifikatsiya bosqichlarini to‘liq yakunlang.

5-qadam. QR-kodni saqlab qo‘ying

Ariza tasdiqlangach, sizga QR-kod beriladi. Uni telefoningizda saqlang yoki chop eting.

6-qadam. Chegarada QR-kodni taqdim eting

Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishda QR-kodni chegaradagi mas’ul xodimlarga ko‘rsating.

Muhim eslatma: arizani Rossiyaga kirishdan kamida 72 soat oldin topshirish tavsiya etiladi. Qo‘shimcha ma’lumot yoki yordam kerak bo‘lsa, Migratsiya agentligining Rossiyadagi vakolatxonasiga murojaat qilishingiz mumkin.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Rossiyaga kiradigan vizasiz xorijliklar RuID ilovasidan foydalanishi haqida yozgandi.

Shuningdek