Sensatsiya! Paragvay Germaniyani Jahon chempionatidan chiqarib yubordi

30-iyun 2026 04:29 eʼlon qilindi

Sardor Saidov

Sardor Saidov

Muxbir sardor.orifovich@gmail.com
Foto: FIFA.com

Jahon chempionatining pley-off bosqichida Germaniya va Paragvay terma jamoalari to‘qnash keldi. Murosasiz kechgan bahsda g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi.

Uchrashuvning birinchi bo‘limi Germaniyaning ustunligida o‘tdi. Biroq kutilmaganda hisobni Paragvay ochdi. 42-daqiqada Matias Galarzaning qanotdan uzatgan to‘pidan so‘ng Xulio Sezar Ensiso Germaniya darvozasini ishg‘ol qilib, jamoasini oldinga olib chiqdi — 0:1.

Ikkinchi bo‘limda esa «nemis mashinasi» vaziyatni o‘nglashga muvaffaq bo‘ldi. 54-daqiqada Florian Virtsning aniq pasini Kay Xaverts golga aylantirdi va hisobdagi muvozanatni tikladi — 1:1.

Uchrashuvning asosiy vaqtida hisob ochilmagach, ushbu turnir davomida ilk marotaba ekstra taymlarga murojaat qilindi. Qo‘shimcha taymlarning birinchi yakuniga yetayotganda Germaniya markaziy himoyachisi Jonatan Ta boshi bilan darvozani ishg‘ol qildi. Biroq qoidabuzarlik tufayli gol bekor qilindi.

Paragvay himoyasi penaltilar seriyasiga mustahkam tura oldi. Omad lotereyasida janubiy amerikaliklarning qo‘li baland keldi.

Avvalroq Kursiv nashri Martenellining goli Braziliyaga nimchorak final yo‘llanmasini taqdim etgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek