Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1,7 ming kishiga yetdi

eʼlon qilindi
Tabiiy ofat natijasida kamida 22,6 ming kishi jabrlangan deb topilgan
Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1719 kishiga yetdi
Foto: pixabay

Venesuelada yuz bergan kuchli zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 1,7 ming kishiga yetdi. Bu haqda CNN xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tabiiy ofat natijasida kamida 22,6 ming kishi jabrlangan deb topilgan. Ulardan 5 ming nafari turli darajadagi tan jarohatlari olgan. Avvalroq AQSh Geologiya xizmati zilzilalar oqibatida qurbonlar soni 10 ming kishigacha yetishi mumkinligini istisno qilmagan edi.

Venesuela Milliy assambleyasi spikeri Xorxe Rodrigesning ma’lum qilishicha, mamlakatda 855 ta bino shikastlangan, yana 189 ta bino esa to‘liq vayron bo‘lgan.

Venesuelada magnitudasi 7,2 va 7,5 bo‘lgan ikkita kuchli yer silkinishidan so‘ng mamlakatda favqulodda holat joriy qilingan.

Zilziladan keyin AQSh, Panama, Qatar, Kuba, Nikaragua, Turkiya, Iordaniya, Kolumbiya, Barbados, Buyuk Britaniya, Braziliya va Meksika Venesuelaga yordam berishga tayyorligini bildirgan. Ushbu davlatlar mamlakatga gumanitar yuklar hamda vayronalar ostida qolgan odamlarni qidirishda mahalliy xizmatlarga ko‘maklashayotgan maxsus qidiruv-qutqaruv guruhlarini yuborgan.

Eslatib o‘tamiz, Kursiv Uzbekistan nashri Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 1,5 ming nafarga yaqinlashgani haqida yozgan edi.

Shuningdek