Yeri olib qo‘yilgan fermerlar, Toshkentdagi kvartira narxlari — 30-iyun kuni e’lon qilingan yangiliklar

eʼlon qilindi
Kursiv Uzbekistan dayjesti
Toshkent
Foto: Salohiddin Kamolov / Unsplash

Yeri olib qo‘yilgan fermerlar, Toshkentdagi kvartira narxlari – 30-iyun kuni e’lon qilingan yangiliklar Kursiv Uzbekistan dayjestida.

Aholini ro‘yxatga olish dastlabki natijalari e’lon qilindi: mamlakat aholisi 39 mlndan oshdi

Aholini ro‘yxatga olish dastlabki natijalari e’lon qilindi: mamlakat aholisi 39 mlndan oshdi
Manba: Kursiv Uzbekistan

Toshkentda 2026-yilda o‘tkazilgan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining dastlabki natijalarini e’lon qilishga bag‘ishlangan taqdimot bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Taqdimotda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, 2026-yilgi aholini ro‘yxatga olish natijalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi aholisi 39 047 321 nafarni tashkil etdi. Bu ko‘rsatkich mamlakatning demografik holati, hududlar rivoji, ijtimoiy infratuzilma va iqtisodiy rejalashtirish uchun muhim statistik asos bo‘lib xizmat qiladi.

Aholini ro‘yxatga olish: umumiy xarajatlar 4,68 million dollarni tashkil etdi

Aholini ro‘yxatga olish: keng umumiy xarajatlari 4,68 million dollarni tashkil etdi
Foto: Unsplash

O‘zbekistonning zamonaviy tarixdagi ilk aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish kampaniyasi budjetga $4,68 mlnga tushdi. Tashkiliy bosqichning asosiy iqtisodiy samarasi raqamli hisobga olish ishlarining bir kishiga to‘g‘ri keladigan past tannarxi bo‘ldi, deb ma’lum qildi Milliy statistika qo‘mitasining Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazish boshqarma boshlig‘i Jahongir Qambarov.

Mas’ul xodimning so‘zlariga ko‘ra, bir kishini ro‘yxatga olish xarajatlari atigi 12 sentni tashkil etgan. Shu bilan birga, e’lon qilingan dastlabki natijalarga ko‘ra, respublika aholisining umumiy soni 39 047 321 nafarga yetgan.

1-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi

1-iyul uchun valyutalar kursi e’lon qilindi
Foto: Depositphotos

1-iyul uchun valyutalar kursi yangilandi. Unga ko‘ra, dollar kursi 51,57 so‘mga tushib, 12 09,27 so‘mni tashkil etdi. Bu narx Valyuta birjasida bo‘lib o‘tgan savdolar asosida shakllantirildi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, yevro 66,01 so‘mga tushib, 13 88,17 so‘mni, rubl esa 1,25 so‘mga tushib, 153,75 so‘mni tashkil qildi.

Valeriy Kim Freedom Holding moliyaviy direktor etib tayinlandi

Freedom Holding Corp. Valeriy Kimni moliyaviy direktori (CFO) lavozimiga tayinlaganini e’lon qildi. Bungacha u kompaniyada moliya boʻyicha vitse-prezident lavozimida ishlagan va Freedom Holding Operations LLP shoʻba kompaniyasini boshqarib kelgan.

Kim bu lavozimda 2015-yildan buyon moliyaviy direktor boʻlib ishlab kelgan Yevgeniy Lerning oʻrnini egalladi. Ler esa kompaniyada bosh ijrochi direktor Timur Turlovning maxsus maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettiradi. Yangi lavozimida u moliyalashtirishni jalb qilish hamda qoʻshilish va qoʻshib olish bitimlari – M&A masalalarini nazorat qiladi.

Toshkentda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyida yangi xavfsizlik tizimi sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent shahrida tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyida RRFB tizimi sinov tariqasida joriy etildi. Bu haqda Toshkent shahrida Yo‘l harakatini tashkil qilish markazi xabar berdi.

Mazkur tizim Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Osiyo koʻchasida oʻrnatilgan. U yuqori intensivlikdagi ogohlantiruvchi mayoqlar va yangi turdagi faol yoʻl belgilari bilan uygʻunlashtirilgan. Loyiha Oʻzbekiston yoʻl infratuzilmasida RRFB yondashuvini pilot tartibda joriy etish boʻyicha ilk tashabbuslardan biri hisoblanadi.

Oxirgi 3 yilda 30 foiz fermerning yeri olib qo‘yilgan — ekspert

За последние три года власти изъяли землю у 30% фермеров — эксперт
Foto: depositphotos

Fermerlarning yerga bo‘lgan huquqi yetarlicha kafolatlanmagani suv tejovchi texnologiyalarni joriy etishga to‘sqinlik qilmoqda. Ekspert Dilshod Shodiyevning aytishicha, oxirgi uch yil ichida fermerlarning 30 foizining yeri olib qo‘yilgan.

Bu haqda Shodiyev «O‘zbekistonda suv sohasidagi islohotlar: erishilgan natijalar, mavjud chaqiriqlar va kelajak istiqbollari» mavzusidagi ekspertlar kengashining I yig‘ilishida ma’lum qildi, deya xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Qachongacha chet davlatlarning suv texnologiyalarini sotib olamiz — ekspert suv sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar haqida

Qachongacha chet davlatlarning suv texnologiyalarini sotib olamiz — ekspert suv sohasiga ajratilayotgan mablag‘lar haqida
Rasm: SI / Sapura Temirxanova

O‘zbekistonda suv sohasidagi muammolarni hal qilish uchun ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarga ko‘proq mablag‘ ajratish kerak. Ekspert Dilshod Shodiyevning aytishicha, oxirgi besh yilda mamlakatda himoya qilingan qariyb 20 mingta ilmiy ishning atigi 48 tasi suv sohasiga tegishli.

Bu fikrlar Suv sohasida barqaror rivojlanish markazi tomonidan o‘tkazilgan «O‘zbekistonda suv sohasidagi islohotlar: erishilgan natijalar, mavjud chaqiriqlar va kelajak istiqbollari» mavzusidagi ekspertlar kengashining I yig‘ilishida bildirildi, deya xabar berdi Kursiv Uzbekistan muxbiri.

Toshkentdagi eng arzon va eng qimmat kvartira narxlari e’lon qilindi

Foto: Unsplash

Iyun oyida Toshkent shahridagi ko‘p qavatli uylarda joylashgan xonadonlar bo‘yicha e’lon qilingan taklif narxlari tahlil etildi. Ko‘chmas mulkni ommaviy baholash milliy markazi ma’lumotlariga ko‘ra, kvartiralarning 1 kvadrat metri 7 mln so‘mdan 57 mln so‘mgacha baholangan.

Terma jamoamiz a’zolaridan ayb qidirish xalqimizga xos ish emas — prezident

Terma jamoamiz a’zolaridan ayb qidirish xalqimizga xos ish emas — prezident
Foto: President.uz

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda O‘zbekiston milliy terma jamoasining futbol bo‘yicha jahon chempionatidagi ishtirokini baholab, futbolchilarni tanqid qilish emas, balki ularni qo‘llab-quvvatlash bugungi kunda muhimligini ta’kidladi.

Davlat rahbari milliy terma jamoaning AQSh va Meksika maydonlarida o‘tgan jahon chempionatidagi ishtirokiga to‘xtalib, o‘yinlarni butun xalq katta hayajon bilan kuzatganini qayd etdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, futbolchilar FIFA reytingida 5-o‘rinda turgan Portugaliya, 13-o‘rindagi Kolumbiya hamda tarkibida Yevropaning yetakchi klublarida to‘p surayotgan futbolchilar ko‘p bo‘lgan Kongo DR terma jamoalariga qarshi bahslarda muhim tajriba orttirib, mundial muhitini his qildi.

Xorijda o‘qiyotgan talabalar va ish beruvchilarni bog‘lovchi platforma ishga tushiriladi

Xorijda o‘qiyotgan talabalar va ish beruvchilarni bog‘lovchi platforma ishga tushiriladi
Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan uchrashuvda xorijda tahsil olayotgan o‘zbekistonlik yoshlarni mamlakatdagi ish beruvchilar bilan bog‘lashga qaratilgan yangi raqamli platforma yaratilishini e’lon qildi.

Prezidentning ma’lum qilishicha, hozirda 14 ming nafardan ortiq o‘zbekistonlik yigit-qizlar AQSh, Yevropa, Yaponiya, Xitoy va Koreyaning yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olmoqda. Endilikda ularning ta’til davrida vazirliklar, hokimliklar, davlat va xususiy kompaniyalarda amaliyot hamda stajirovka o‘tashi uchun sharoit yaratiladi.

Texnikum ochish uchun 20 dan ortiq litsenziya talabi bekor qilinadi

Texnikum ochish uchun 20 dan ortiq litsenziya talabi bekor qilinadi
Foto: O‘zA

Kasb-hunar egallash va zamonaviy ko‘nikmalarni o‘zlashtirish istagidagi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistonda yangi «kasb vaucheri» tizimi joriy etiladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Unga ko‘ra, har yili 50 ming nafar yoshning xalqaro talablar asosida kasb o‘rganish xarajatlari foizsiz ssuda shaklida qoplanadi.

Shuningdek