
Qozog‘istonlik shaxmatchi Bibisora Assaubayeva ilk bor dunyoning eng kuchli besh nafar ayol shaxmatchisi qatoridan joy oldi. Xalqaro shaxmat federatsiyasining iyul oyidagi yangilangan reytingida u beshinchi o‘ringa ko‘tarildi.
22 yoshli qozog‘istonlik grossmeyster 2 538 reyting ochkosini jamg‘ardi. U avvalgi reyting bilan solishtirganda birdaniga ikki pog‘ona yuqoriladi. Shu bilan birga, Assaubayeva jahon reytingining kuchli beshligiga kirgan eng yosh shaxmatchi bo‘ldi.
FIDE reytingida birinchi o‘rinni Xitoy vakili Hou Yifan egallab turibdi. Kuchli beshlikdan, shuningdek, uning vatandoshlari Chju Szin’er, Ley Tinsze va amaldagi jahon chempioni Szyuy Venjzyun ham joy olgan.

Assaubayevaning yuqori pog‘onaga ko‘tarilishi uning muvaffaqiyatli mavsumini davom ettirdi. Iyun oyida u «Norway Chess Women – 2026» nufuzli turnirida g‘olib chiqqan edi. Shuningdek, qozog‘istonlik shaxmatchi FIDE’ning 2026 – 2027-yillar ayollar sikli umumiy hisobida yetakchilik qilmoqda.
Avvalroq «Kursiv» Bibisora Assaubayevaga musobaqalarda O‘zbekiston nomidan qatnashish taklif qilingani haqida yozgan edi.