O‘zbekiston tranzit yuk oqimini 20 million tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Mamlakatda "E-logistika” tizimini joriy etish taklif etildi
Yaponiyada haydovchilik uchun grant dasturiga qabul boshlandi
O‘zbekiston tranzit yuk oqimini 20 million tonnagacha oshirishni rejalashtirmoqda / Foto: Transport vazirligi

O‘zbekiston transport-logistika tizimini rivojlantirish orqali yiliga qo‘shimcha 15–20 mln tonna tranzit yukni jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shavkat Mirziyoyev sohaga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Transport va tranzit salohiyati

Taqdimotda O‘zbekistonning Sharq va G‘arbni bog‘lovchi yirik tranzit hudud sifatidagi imkoniyatlari qayd etildi. Mamlakat hududidan 4 ming kilometr xalqaro tranzit yo‘laklari o‘tadi, 4,7 ming kilometr temir yo‘l tarmog‘i mavjud. Shuningdek, Toshkent, Navoiy va Namanganda logistika markazlari rivojlanayotgani, Navoiy aeroporti esa muhim kargo tuguni sifatida xizmat qilayotgani ta’kidlandi.

Yirik transport loyihalari

«Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston» temir yo‘li hamda Transafg‘on temir yo‘li loyihalarini jadallashtirish mamlakatning xalqaro transport tizimidagi o‘rnini mustahkamlashi qayd etildi. Ushbu loyihalar O‘zbekistonni eng qisqa quruqlik tranzit yo‘llaridan birining muhim bo‘g‘iniga aylantirishi mumkin.

Iqtisodiy natijalar

Tahlillarga ko‘ra, Xitoy va Yevropa o‘rtasidagi yirik savdo oqimidan samarali foydalanilsa, O‘zbekiston yiliga $400–$600 mln qo‘shimcha daromad olishi, $3 mlrd investitsiya jalb etishi hamda 50 mingta yangi ish o‘rni yaratishi mumkin.

Infratuzilma va muammolar

Mamlakatda 27 ta logistika markazi mavjud bo‘lib, ularning umumiy quvvati 27,2 mln tonnani tashkil etadi. Biroq faqat bittasi yuqori toifaga ega ekani, zamonaviy ombor va raqamli tizimlar yetishmasligi, chegara punktlarining esa tezkor ishlash imkoniyati cheklangani qayd etildi.

Rivojlanish choralari

Xonobod, Angren, Olot va Termiz kabi hududlarni logistika markazlariga aylantirish, «E-logistika» tizimini joriy etish va chegara o‘tkazish punktlarida «yagona to‘xtash» tamoyilini qo‘llash taklif qilindi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston va O‘zbekiston chegarasidagi ikkita o‘tkazish punkti xalqaro maqom olishi va 24 soat ishlashi haqida yozgan edik.

Shuningdek