O‘zRTXBda «Raqamga buyurtma berish» xizmati joriy etildi

eʼlon qilindi
Xizmat elektron savdo tizimida ro‘yxatdan o‘tgan xaridorlar uchun
mobil raqam
Foto: Murod Romanov / Kursiv Uzbekistan

O‘zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasining mobilraqam.uzex.uz elektron savdo tizimida istalgan mobil raqamga elektron buyurtma berish xizmati ishga tushirildi.

Yangi xizmat elektron savdo tizimida ro‘yxatdan o‘tgan xaridorlar uchun mo‘ljallangan. Foydalanuvchilar uyali aloqa operatorini tanlab, o‘zlari istagan mobil raqamga elektron buyurtma yuborishi mumkin.

Raqam auksionga chiqariladi

Agar uyali aloqa operatori buyurtma qilingan raqam mavjudligini tasdiqlasa, ushbu raqam belgilangan tartibda onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.

Shundan so‘ng xaridorlar mazkur raqam uchun savdolarda ishtirok etishi mumkin bo‘ladi.

Yangi mexanizm mobil raqamlar onlayn-auksionini rivojlantirish va xaridorlar uchun qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida joriy etildi.

Shuningdek, xizmat savdo ishtirokchilari sonini kengaytirish va onlayn-auksionlardagi savdo hajmini oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq mobil raqamni qayta rasmiylashtirish endi onlayn amalga oshirilishi xabar qilingandi. Endilikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali mobil raqamni boshqa shaxs nomiga onlayn tarzda rasmiylashtirish mumkin. Mazkur xizmat foydalanuvchilarga vaqtni tejash va ortiqcha byurokratik jarayonlarni kamaytirish imkonini beradi.

Shuningdek