Pokistondagi o‘quv markazi tomi qulab, 14 nafar bola halok bo‘ldi

eʼlon qilindi
Halok bo‘lgan bolalarning yoshi 5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan
Pokistondagi o‘quv markazi tomi qulab, 14 nafar bola halok bo‘ldi
Foto: Reuters

Pokistonning Lahor shahridagi Kahna tumanida joylashgan xususiy o‘quv markazi binosi tomining qulab tushishi oqibatida kamida 14 nafar bola halok bo‘ldi. Bu haqda Haqqin.az nashri xabar berdi.

Video: Haqqin.az

Unga ko‘ra, halok bo‘lgan bolalarning yoshi 5 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan.

Bir necha jabrlanuvchining ahvoli og‘ir

Hodisa oqibatida o‘qituvchi va yana sakkiz nafar bola turli darajadagi jarohatlar bilan Lahor markaziy shifoxonasiga olib borilgan. Shifokorlar ulardan besh nafarining ahvoli og‘ir ekanini ma’lum qilgan.

Bino egasi va pudratchi qo‘lga olindi

Dastlabki tergov doirasida bino egasi hamda ushbu binoni yaqinda qurgan pudratchi qo‘lga olindi. Lahor politsiyasi rahbariyati ma’lumotiga ko‘ra, binoning bir qismi hali qurilish bosqichida bo‘lgan va tom qulagan paytda qurilish ishlari davom etayotgan edi.

Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif halok bo‘lgan bolalarning oila a’zolariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlarning tezroq sog‘ayishini tiladi. Shuningdek, u jabrlanganlarga zarur tibbiy yordamni to‘liq ko‘rsatish bo‘yicha topshiriq berdi.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan Venesueladagi zilzila qurbonlari soni 2 mingga yaqinlashgani haqida yozgandi.

Shuningdek