Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi

eʼlon qilindi
Prezident qaroriga asosan
Foto: Senat

Prezident qaroriga asosan Sherzod Ibragimov Milliy gvardiya qo‘mondonining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Milliy gvardiya matbuot xizmati ma’lum qildi.

Sherzod Ibragimov mazkur tayinlovga qadar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati boshlig‘i sifatida faoliyat yuritgan. U ushbu lavozimda 2024-yil iyul oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.

Bundan avval esa IIV Jamoat xavfsizligi departamentining Jamoat tartibini saqlash xizmatiga rahbarlik qilgan.

Avvalroq Kursiv Uzbekistan energetika vaziriga ikki yangi o‘rinbosar tayinlangani haqida yozgandi.

Shuningdek