Tracker’dan kattaroq: Chevrolet yangi avtomobilini namoyish qildi

1-iyul 2026 15:06 eʼlon qilindi

Samijon Juraqulov

Samijon Juraqulov

Muxbir s.juraqulov@kursiv.media
Tracker’dan kattaroq: Chevrolet yangi avtomobilini namoyish qildi
Foto: Car and driver

Chevrolet 2027-yilgi Equinox krossoveri uchun mavjud bo‘lgan g‘ildirak disklari ro‘yxatini ma’lum qildi. Bu haqda GMAutority nashri xabar bermoqda.

Model 2026-yilgi versiyaga nisbatan katta o‘zgarishlarsiz taqdim etilmoqda, biroq xaridorlarga zavod va diler orqali o‘rnatiladigan bir nechta tashqi bezak variantlari taklif qilinadi. Yangi Equinox uchun 17, 19 va 20 dyuymli disklar mavjud. Ular LT, Activ va RS komplektatsiyalariga qarab farqlanadi.

Standart disklar

Foto: GMAutority

LT versiyasi 17 dyuymli Grazen Metallic rangidagi, ishlov berilgan alyuminiy disklar bilan jihozlanadi. Ushbu disklar RSC kodi bilan belgilanadi.

Activ komplektatsiyasida esa 17 dyuymli Dark Android rangidagi ishlov berilgan alyuminiy disklar standart sifatida o‘rnatiladi. Ularning RPO kodi – Q6W.

Sport uslubidagi RS versiyasi 19 dyuymli Carbon Flash Metallic rangidagi ishlov berilgan alyuminiy disklar bilan taklif etiladi. Bu variant PJU kodi bilan yuritiladi.

Qo‘shimcha variantlar

Foto: GMAutority

LT xaridorlari qo‘shimcha $600 evaziga 19 dyuymli Black machined-face alyuminiy disklarni tanlashi mumkin. Ushbu disklar PJH kodi bilan belgilanadi. Biroq ular Midnight Edition paketi bilan birga buyurtma qilib bo‘lmaydi.

LT uchun yana bir variant – 19 dyuymli Black painted alyuminiy disklar. Ular PJW kodi bilan ko‘rsatilgan va faqat Midnight Edition paketi tarkibida mavjud bo‘ladi. Alohida opsiya sifatida taklif qilinmaydi.

RS versiyasi uchun esa eng yirik zavod diski – 20 dyuymli Black painted alyuminiy disklar mavjud. RTG kodli ushbu variant $500 qo‘shimcha haq evaziga o‘rnatiladi.

Eslatib o‘tamiz, «Kursiv» Chevrolet Tracker avtomobilining maxsus versiyasi chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek